cryptobozor.com
Trading nima?
Trading (treyding) — bu moliyaviy bozorlarda turli aktivlarni valyuta- aksiya, kriptovalyuta(cryptobozor.com shu bn shug’ullanadi), oltin yoki xomashyo- sotib olish va qayta sotish orqali narxlar farqidan foyda ko‘rishga asoslangan professional faoliyat turi bo‘lib, unda daromad aktivning narxi arzonligida sotib olib qimmatlashganda sotish yoki aksincha, narx tushishidan foydalanish (short trading) orqali shakllanadi. Trading asosan amalga oshirilish vaqtiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi: bir necha soniya ichida o‘nlab bitimlar qilishga asoslangan Skalping, barcha savdolarni kun yakunigacha yopadigan Kunlik savdo (Day Trading), bir necha kunlik trendlarni ushlashga qaratilgan Sving-treyding hamda uzoq muddatli Pozitsion savdo. Bu jarayonda muvaffaqiyat qozonish uchun treyderlar bozor grafiklarini o‘rganuvchi Texnik tahlil va iqtisodiy-siyosiy yangiliklarni tahlil qiluvchi Fundamental tahlil usullaridan foydalanadilar. Hozirgi kunda trading bilan asosan Forex, Kriptovalyuta birjalari va Fond bozorlarida maxsus brokerlik platformalari (MetaTrader, TradingView) orqali shug‘ullaniladi, biroq bu soha yuqori daromad bilan birga, noto‘g‘ri tahlil va hissiyotlarga berilish oqibatida kapitalni yo‘qotish kabi katta moliyaviy xavf-xatarlarni ham o‘z ichiga oladi.
18
Offices world wide
200+
full-time employees
33
Nationalities
9
Growth awards